UZDOС 2.0 loyihasi ishga tushirildi

UZDOC 2.0 loyihasini ishga tushirish bo'yicha tadbirlar Toshkent moliya institutida 2017 yilning 28 fevralidan 2 martgacha bo'lib o'tdi.

Loyihaning ishchi rejasi optimallashtirilgan versiyasini ishlab chiqishdan iborat bo'lgan yig'ilishdan so’ng O’zbekiston oliy ta'lim tizimidagi so'nggi o'zgarishlarni hisobga olgan holda, qo’shma o'zbek-evropa jamoalari faoliyatiga ko’maklashish hamda madaniy xususiyatlar haqida xabardorlikni oshirish maqsadida madaniyatlararo muloqot bo’yicha qisqa o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Boshlang’ich yig'ilishdan so’ng loyiha doirasida tashkil etiladigan qo’shma doktorantura markazini tashkil etish va uning faoliyatini muhokama qilish, shuningdek, manfaatdor tomonlar va qaror qabul qiluvchilarga doktorantura tuzilmalarining afzalliklari to'g'risida xabardorlikni oshirish uchun yig'ma va davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida barcha hamkor tashkilotlar vakillari, shuningdek Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi vakillari ishtirok etdi.

 

Attachments
Attachment Size
Programme UZDOC 2 0 _final version.pdf458.64 KB 458.64 KB