Toshkentda ilmiy rahbarlar va doktorantlar uchun sifatni ta'minlash bo’yicha seminar va treninglar

2018 yil 5-9 fevral kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida UZDOC 2.0 loyihasining qator tadbirlari tashkil etildi.

Sifatni kafolatlash bo'yicha maslahat seminarlardan so'ng (5-6 fevral) va sifatni ta'minlash bo'yicha seminarda (7-8 fevral) ilmiy rahbarlar va doktorantlar uchun dastlabki o'quv mashg'uloti o'tkazildi.

Sifatni ta'minlash bo'yicha maslahat seminarida simulyatsiya mashqlari ishtirokchilarga doktorantura sohasida hamkorlikning turli shakllarini, ularni o'rnatish sharoitlari va qadamlar, to'siqlar va afzalliklarni muhokama qilish imkonini berdi. Maslahat seminarida 50 dan ortiq ishtirokchi ishtiroki ta’minlandi.

Sifatni ta'minlash bo'yicha seminarlar doktoranturada sifat kafolati va sifat madaniyati sohasidagi amaliyotlarni, shu bilan bir qatorda, ilmiy-tadqiqot faoliyatida tadqiqot potentsiali va axloq qoidalarini, universitetlarda doktorantlarni qo'llab-quvvatlash tuzilmalarining roli va doktorlik darajasida xalqaro aloqalarni or’ni kabi masalalarni or’ganishga imkoniyat berdi. Shuningdek, sifatli doktorlik ta'lim jarayonini belgilaydigan turli tarkibiy qismlar (doktorlik sifatini ta'minlash, ma'muriy jarayonlar va boshqalar) muhokama qilindi.

 Natijada, ilmiy supervayzerlar va doktorantlar uchun parallel treninglarning 1-bosqichi 2018 yil 8-9 fevral kuni tashkil etilda; Unda 32 nafar doktorant va 40 nafardan ortiq doktoranturada rahbarlik qilayotgan o'qituvchilar ishtirok etdi.

 Dastur va taqdimotlarni bu yerdan yuklab olish mumkin: