UZDOC 2.0 Budapeshtda bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng yakuniy bosqichga o’tadi

UZDOC 2.0 loyihasi hamkorlari 2019 yil 12-13 mart kunlari Budapeshtda (Vengriya) konsorsiumning so’nggi yig’ilishida va 2019 yilning sentyabrida Nukus shahrida bo’lib o’tagan yakuniy tadbirga qadar bilimlarni almashish tadbirida uchrashdilar.

Etwesh Lorand nomidagi Budapesht Universitet (ELTE)ning ta’lim va psixologiya fakultetida loyiha ish faoliyati natijalarini muhokama qilish, yakuniy tadbirni tayyorlash vazifalari va doktorlik dissertatsiyalari bo'yicha ilg'or tajriba almashish masalalariga bag’ishlangan ikki kunlik tadbir o’tkazdi.

Ishtirokchilar hujjatlarni ishlab chiqish bo’yicha natijalarni muhokama qilishdan boshladilar, bular Evropa va O’zbekistondagi oliy o'quv yurtlari o’rtasida o’zaro hamkorlikni tashkil etish asosida doktoranturada ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo’shma virtual doktorlik markazining ishlash bo’yicha ko’rsatmalariga bag’ishlandi. Uchrashuvning birinchi qismida O’zbekiston hamkorlari tomonidan ishlab chiqilgan “Kimyo va kimyoviy texnologiya sohasida qo’shma doktoratura dasturi”, tadqiqot natijalari bo’yicha doktorantlar bilimlari va amaliy ko’nikmalar darajasida ish beruvchilarning baholari haqida so’rov natijalari muhokama etildi.

Ikkinchi qismda loyiha natijalarini ommalashtirish va tarqatish uchun olib borilgan ishlarga qaratildi, xususan, loyiha natijalarini tarqatish to’g’risidagi ma’lumotlar O'zbekiston OTM hamkorlar tomonidan taqdim etildi. Hisobotda Evropa Ittifoqi hamkorlari tomonidan loyiha rejasi ko’ra tarqatish faoliyati to’g’risida ma’lumot berishlari kerakligini ta’kidlandi. Kelgusida muhokama qilinadigan tadbirlar, xususan, konsorsiumning yakuniy majlisi, yakuniy anjuman va seminar, shuningdek, kelgusidagi muhokamalar uchun mavzu sifatida muloqot va nutq madaniyati, loyihalarni boshqarish sohasidagi doktorantlar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ikkinchi kuni ishtirokchilar uchun bilimlar almashish tadbirlari tashkil etildi, ishtirokchilar doktoranturada sifatni ta’minlash va doktoranturani tashkil qilish sohasidagi eng yaxshi amaliyotlar haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Bu faoliyatning natijalari haqida ko’proq bilib oling.

Ushbu tadbir bo’yicha barcha ish hujjatlarini ko’rish (in English):

March 12:

March 13: