O’zbekiston OTM hamkorlar Toshkentdagi mahalliy muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi yig’ilishida uchrashdilar

2017 yil 3 dekabr kuni O’zbekiston hamkor OTM tashkilotlari Toshkent moliya institutida mahalliy muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi majlisida uchrashdilar.

Ishtirokchilar 2017 yil oktyabr oyida Turinda bo’lib o’tgan bir kunlik ma’lumot almashish tadbiri natijalarini muhokama qildilar. Ushbu tadbir Italiya va O’zbekistonda doktorantura tizimi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilishning eng yaxshi tajribalarini solishtirish imkonini berganligi ta’kidlandi. Shuningdek, Turindagi seminar natijasida quyidagi soxalarda platformalar yaratildi:

• Turin politexnika universitetining ilmiy salohiyati haqida ko’proq bilib olish;

• Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimi va dasturlari bilan tanishish;

• Tadqiqot fondi haqida batafsil ma’lumot olish, masalan, halqaro loyihalar bo'yicha tadqiqot takliflarini ishlab chiqish, xalqaro donor tashkilotlariga murojaat qilishning asosiy afzalliklari va kamchiliklari, Maria Curie loyihalari bilan ishlash, Horizon 2020 dasturlari bo'yicha ish olib borish, tadqiqot natijalarini amaliyotda qollash;

• Turin politexnika universitetida xalqaro aloqalar bo'limi bilan aloqalarni o’rnatish va hamkorlikni muhokama qilish,

•  Boshlang’ich tashkilotlarni tashkil qilish tajribasini o'rganish, tarmoqni innovatsion g'oyalar bilan ta'minlash;

• Doktoratura maktablari va tuzilmasi haqida dastkabki ma’lumotlar or’ganildi.

Uchrashuv davomida mahalliy muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan 2018 yilning fevral oyida Toshkentda bo'lib o'tadigan seminarlar va doktorantura markazi uchun uskunalarni harid qilish rejalari muhokama etildi.

Uchrashuv 2018 yilgi tadbirlarni rejalashtirish bilan yakunlandi.